Kirish Ro'yxatdan o'tish

De Dzerbi Mudrikning «Tottenxem»dagi debyutidan norozi

De Dzerbi Mudrikning «Tottenxem»dagi debyutidan norozi

Baho:
+ | -

Ukrainalik vinger Mixail Mudrik 2024 yil noyabridan beri amal qilgan diskvalifikasiyasi tugaganidan so‘ng birinchi rasmiy uchrashuvini o‘tkazdi. «Tottenxem» futbolchisi APLning uchinchi turida «Nottingem Forest»ga qarshi o‘yinning ikkinchi taymi oxirida maydonga tushdi.

0:0 hisobida yakunlangan uchrashuvdan so‘ng «shporlar» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbidan Mudrikning jismoniy holati haqida fikri so‘raldi.

«U hali tayyor emas. U eng yaxshi jismoniy holatiga erishish ustida ishlayapti. Unga vaqt kerak, u ishlashi kerak. Bu pozisiyada bizda Matis Tel bor, uning salohiyati katta. Ammo Matis ham, Mudrik kabi, juda ko‘p noto‘g‘ri qarorlar qabul qiladi», — deya De Dzerbining so‘zlarini keltiradi Football.London.

25 yoshli Mudrik «Tottenxem»da ijara asosida o‘ynamoqda. Uning Londonning «Chelsi» klubi bilan shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi.

Kiritildi: 12:10, 06.09.2026.
O'qildi: 1027 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик