Bosh murabbiy «Arsenal» futbolchilarida motivasiya bilan bog‘liq muammolar bor-yoqligi haqidagi savolga javob berdi.
Ispaniyalik mutaxassis agar o‘yinchilarda shunday muammo bo‘lsa, ularga klubini o‘zgartirishni maslahat berdi.
«Motivasiya? O‘ylashimcha, bu boradagi murojaat birinchi kundan aniq-ravshan bo‘lgan. Shunday ekan, agar jamoada kimdir boshqacha fikrlayotgan bo‘lsa, bu yerda qolishi shart emas – o‘z kuchini boshqa joyda sinab ko‘rgani ma’qul», — deydi Arteta.













