«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska hujumchi Erling Xolandning o‘yin amaliyoti haqida to‘xtalib o‘tdi.
26 yoshli futbolchi ushbu mavsumdagi to‘rtta uchrashuvda uchta gol urdi. Barcha to‘rtta bahsda norvegiyalik futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo «shaharliklar» ustozining so‘zlariga ko‘ra, bu doimo shunday bo‘lavermaydi.
«Biz Erlingni asrashimiz kerak, chunki mavsum juda uzoq. Unga dam berishimiz talab etiladigan o‘yinlar ham bo‘ladi», — deydi Mareskaning so‘zlarini keltirgan The Touchline.
Shanba kuni Xoland «Koventri»ga qarshi o‘yinda yagona golni urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi (1:0). Seshanba kuni Manchester grandi Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 1-turi doirasida safarda «Portu»ga qarshi maydonga tushadi.













