"Atletiko" hujumchisi Jonatan Devid "Atletik"ka qarshi La Liga uchrashuvida (0:3) jamoasiga yordam bera olmadi.
MARCA xabariga ko‘ra, kanadalik futbolchi o‘yin kuni ertalab bo‘yin mushaklarida spazm his qilgan. Shu sababli u uchrashuvda ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.
Devidning holati tibbiy shtab tomonidan nazorat qilinadi. Uning keyingi uchrashuvda ishtirok etish-etmasligi futbolchining tiklanish jarayoniga bog‘liq bo‘ladi.













