Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Nevill: «Chelsi» himoyasi ishonchli ko‘rinmayapti, ular ko‘proq futbolchi bilan shartnoma imzolashi kerak»

Nevill: «Chelsi» himoyasi ishonchli ko‘rinmayapti, ular ko‘proq futbolchi bilan shartnoma imzolashi kerak»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Garri Nevill APLning 3-turida «Arsenal»dan 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng «Chelsi»ning himoya chizig‘ini tanqid qildi.

«Fofana, Lakrua va Achimpongdan iborat uchlikka qarasam, go‘yo ularning oyoqlari son qismi bilan, sonlari esa tanasi bilan uyg‘un ishlamayotgandek tuyuladi. Ular biroz tartibsiz harakat qilayotgandek.

Men o‘zim ko‘rgan eng yaxshi uchlik himoya chizig‘ini eslayman. Bu «Yuventus» va Italiya terma jamoasida Andrea Barsali, Leonardo Bonuchchi va Jorjo Kyellinidan iborat uchlik edi. Ular haqiqiy gigantlar edi.

Ular bir butun bo‘lib harakat qilardi, pozisiyani qanday tanlashni bilardi, havodagi kurashlarda ajoyib edi, qachon oldinga chiqish va qachon chuqurroq himoyalanish kerakligini yaxshi tushunardi. Shuningdek, oldilaridagi futbolchilar harakatini ham boshqarardi.

Balkim, «Chelsi»ga yana futbolchilar sotib olishga to‘g‘ri kelar. Chunki ular keyingi bir-ikki yilni Xabi Alonso bilan o‘tkazadi. U allaqachon katta ish qildi. Endi unga faqat ishonchli ko‘rinadigan uchlik himoya chizig‘i kerak.

Hozirgi himoya bunday ko‘rinmayapti, biroz parokandadek. Ayni paytda asosiy muammo shu», — dedi Nevill.

Kiritildi: 15:57, 07.09.2026.
O'qildi: 831 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик