"Milan"ning sobiq futbolchisi Alessandro Kostakurta Yevropa ligasining yangi mavsumi favoritlari haqida fikr bildirdi. U musobaqada Italiya A Seriya grandlarining imkoniyatlarini yuqori baholadi.
"Milan" va "Yuventus" Yevropa ligasining favoritlari va ular kamida yarim finalga chiqishi kerak. Shuningdek, Angliya jamoalariga, ayniqsa "Bornmut"ga e’tibor qaratish lozim", — dedi Kostakurta SportWeek nashriga bergan intervyusida.
Yevropa ligasi umumiy bosqichining 1-turida "Milan" o‘z maydonida "Benfika"ni qabul qiladi. "Yuventus" ham musobaqadagi ishtirokini uy o‘yini bilan boshlaydi — turinliklar NEKka qarshi maydonga tushadi.
Alessandro Kostakurta futbolchilik faoliyatining deyarli barcha qismini "Milan"da o‘tkazgan. Faqat 1986/87 yilgi mavsumda u ijara asosida "Monsa" sharafini himoya qilgan.













