Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" transfer oynasi yopilishidan oldin "Fulxem" yarim himoyachisiga qiziqqan

"Chelsi" transfer oynasi yopilishidan oldin "Fulxem" yarim himoyachisiga qiziqqan

Baho:
+ | -

"Fulxem" yarim himoyachisi Sander Berge yozgi transfer oynasi yakunlanishidan oldin "Chelsi" qiziqish doirasida bo‘lgan.

BBC ma’lumotiga ko‘ra, Londonning "Chelsi" klubi Enso Fernandesning "Manchester Siti"ga o‘tishi ehtimoli fonida yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirgan va norvegiyalik futbolchini ehtimoliy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqqan.

Biroq "Chelsi" Berge uchun rasmiy taklif yubormagan. "Fulxem" ham 28 yoshli futbolchini sotishni rejalashtirmagan.

Berge "Fulxem" sharafini 2024/25 yilgi mavsumdan beri himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan mavsum Premyer-ligada 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma qayd etgan.

Kiritildi: 22:06, 07.09.2026.
O'qildi: 1212 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик