Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

O‘FA rahbariyati O‘zbekiston U-23 terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi

O‘FA rahbariyati O‘zbekiston U-23 terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Ayni kunlarda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Milliy futbol markazida Osiyo o‘yinlari musobaqasi oldidan so‘nggi tayyorgarlik yig‘inlarini o‘tkazmoqda. Bugun O‘FA rahbariyati U-23 olimpiya terma jamoamiz a’zolari bilan uchrashdi.

Suhbatda jamoa oldida turgan ushbu musobaqa haqida fikr bildirilar ekan, O‘zbekiston tarixda ushbu musobaqada g‘olib bo‘lgani, qolaversa, turli yoshdagi terma jamoalarimiz qit’a miqyosidagi musobaqalarda munosib ishtirok etib kelayotgani aytildi. Los-Anjeles Olimpiadasiga tayyorgarlik olib borayotgan terma jamoamiz uchun ushbu musobaqa ham muhim hisoblanishi ta’kidlandi.

— Barchangiz turli terma jamoalarimiz tarkibida Osiyo kubogida ishtirok etgansiz, bu kabi musobaqalar katta tajriba hisoblanib, keyingi faoliyatingizga ham ta’sir qiladi. Vatan terma jamoasining libosini kiyib maydonga tushish katta sharaf. Bir jamoa bo‘lib, ahillik bilan musobaqada munosib ishtirok etishingizga ishonamiz, — dedi O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov.

Eslatib o‘tamiz, U-23 terma jamoamiz musobaqaning C guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Filippin, Quvayt va Vyetnamga qarshi bahs olib boradi. Turnirdagi ilk uchrashuvimiz 15 sentyabr kuni Filippinga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:22, 07.09.2026.
O'qildi: 828 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик