Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

Lautaro «Inter»ning Chempionlar ligasidagi maqsadini ma’lum qildi

Lautaro «Inter»ning Chempionlar ligasidagi maqsadini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

«Inter» hujumchisi Lautaro Martines jamoaning Chempionlar ligasidagi asosiy maqsadi haqida gapirdi. Argentinalik futbolchining aytishicha, «neradzurrilar» bosh sovrinni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.

«Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishmi? Bu bizning maqsadimiz. Har birimizning orzularimiz bor, ammo bu shunchaki vasvasa emas, bundan kattaroq maqsad. Biz xotirjamlikni saqlashimiz kerak, chunki turnirda ko‘plab kuchli jamoalar ishtirok etmoqda. Ammo bu, albatta, bizning maqsadimiz.

Bu yerga ilk bor kelganimdan beri «Inter»ga imkon qadar ko‘proq sovrin olib kelish uchun ishlashimiz kerakligini takrorlab kelaman», — dedi Martines jurnalistlarga.

«Inter» Yevropa chempionlar kubogi va Chempionlar ligasida uch marta — 1964, 1965 va 2010 yillarda g‘olib chiqqan.

Kiritildi: 04:29, 08.09.2026.
O'qildi: 666 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик