Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya - Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston - Yaponiya

"Lasio" mavsumni ketma-ket uchta g‘alaba bilan boshladi

"Lasio" mavsumni ketma-ket uchta g‘alaba bilan boshladi

Baho:
+ | -

Jennaro Gattuzo boshqaruvidagi "Lasio" Italiya A Seriyasida mavsumni ketma-ket uchta g‘alaba bilan boshladi.

Rimliklar 3-turda safarda "Udineze"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. "Inter"dan kelib qo‘shilgan Davide Frattezi 75-daqiqada gol urdi. Bu uning joriy mavsumdagi 3-o‘yinidagi 3-goli bo‘ldi.

88-daqiqada Albert Gyudmyundsson "Lasio"ga g‘alaba keltirgan gol muallifi bo‘ldi.

Avvalgi turlarda "burgutlar" "Bolonya" va "Jenoa"ni bir xil — 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Har ikki uchrashuvda ham yagona golni Frattezi urgan.

"Lasio" 3 turdan so‘ng 9 ochko jamg‘arib, A Seriya turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. Xuddi shuncha ochkoga ega "Roma" va "Inter" to‘plar nisbati bo‘yicha yuqoriroq o‘rinda joylashgan.

12 sentyabr kuni "Lasio" o‘z maydonida 7 ochko bilan 5-o‘rinda borayotgan "Milan"ni qabul qiladi.

Shu bilan birga, Gattuzo boshqaruvidagi ilk rasmiy o‘yinda "Lasio" Italiya Kubogi 1-bosqichida B Seriya vakili "Mantova"ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Kiritildi: 05:45, 08.09.2026.
O'qildi: 721 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик