Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari 1-0 Lechche
07/09 22:00 Xetafe 1-1 Selta
07/09 23:45 Udineze 1-2 Lasio
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge - Aston Villa
08/09 21:45 AEK - LASK
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor

Transfermarkt: ingliz futbolchilari uchun yozda 1 milliard yevrodan ortiq mablag‘ sarflandi

Transfermarkt: ingliz futbolchilari uchun yozda 1 milliard yevrodan ortiq mablag‘ sarflandi

Baho:
+1 | -

Transfermarkt yozgi transfer oynasida futbolchilari uchun eng ko‘p mablag‘ sarflangan mamlakatlar reytingini taqdim etdi.

Ro‘yxatda Angliya katta farq bilan birinchi o‘rinni egalladi. Ingliz futbolchilarining yozgi transferlari umumiy hisobda 1,08 milliard yevroga yetgan.

Keyingi ikki pog‘onada deyarli bir xil natija qayd etildi: Ispaniya futbolchilari uchun 785 million yevro, Fransiya vakillari uchun esa 784 million yevro sarflangan.

Kuchli beshlikdan Braziliya — 608 million yevro va Argentina — 552 million yevro bilan joy oldi. Portugaliya futbolchilari transferlari 505 million yevro, Niderlandiyaniki 491 million yevro, Italiyaniki esa 450 million yevroni tashkil qildi.

Shuningdek, kuchli o‘nlikka Belgiya (438 mln yevro) va Kot-d’Ivuar (381 mln yevro) ham kirdi.

Reytingning keyingi o‘rinlaridan Germaniya — 350 mln, Senegal — 348 mln, Marokash — 237 mln, Daniya — 229 mln, Shveysariya — 185 mln, Gresiya — 172 mln, Urugvay — 142 mln, Bosniya va Gersegovina — 137 mln, Nigeriya — 128 mln hamda Kolumbiya — 121 mln yevro bilan joy olgan.

Kiritildi: 07:56, 08.09.2026.
O'qildi: 608 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик