Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Abdumalik Xalokov vazn toifasidan qat’i nazar dunyoning eng yaxshi bokschisi

Abdumalik Xalokov vazn toifasidan qat’i nazar dunyoning eng yaxshi bokschisi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro boks statistikasi va reytinglarini yurituvchi nufuzli BoxRec platformasi havaskor bokschilarning vazn toifasidan qat’i nazar eng kuchli sportchilari (P4P) reytingini yangiladi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalokov 1-o‘rinni egallab turibdi.

26 yoshli bokschi -60 kg vazn toifasida 112 marta jang o‘tkazib, ularning 101 tasida g‘alaba qozongan, 11 ta bahsda imkoniyatni boy bergan. U Olimpiada, Jahon va Osiyo chempionati hamda osiyo o‘yinlarida zafar quchgan kam sonli bokschilardan biri hisoblanadi.

Reytingning kuchli o‘nligidan yana uch nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi joy olgan:

Fazliddin Erkinboyev — 5-o‘rin (57 g‘alaba, 3 mag‘lubiyat, 21 yosh);

To‘rabek Xabibullayev — 8-o‘rin (62 g‘alaba, 8 mag‘lubiyat, 22 yosh);

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — 10-o‘rin (69 g‘alaba, 10 mag‘lubiyat, 25 yosh).

Shuningdek, kuchli beshlikdan Rossiya va Ukraina vakillari joy olgan. Rossiyalik Muslim Gajimagomedov 2-o‘rin, Vsevolod Shumkov 3-o‘rin va ukrainalik taniqli bokschi Oleksandr Xijnyak 4-o‘rinni band etgan.

Ma’lumot uchun, Xitoyning Guiyang shahrida World Boxing tashkiloti kubogi bahslarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 40 davlatdan 177 nafar erkak va 123 nafar ayol bokschi g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Unda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi to‘liq tarkibda — 10 ta vazn toifasida, ayollar jamoasi esa 9 ta vazn toifasida ishtirok etdi. Yakunda ular 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Unda buxorolik bokschi -60 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgandi. Bundan tashqari, -90 kg vazn toifasida To‘rabek Xabibullayev ham barcha raqiblarini mag‘lub etib, birinchi o‘rinni egallagan.

Kiritildi: 14:57, 09.09.2026.
O'qildi: 703 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик