Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

Parij turniridan so‘ng Nursulton Ro‘ziboyev UFC top-15 reytingidan chiqib ketdi

Parij turniridan so‘ng Nursulton Ro‘ziboyev UFC top-15 reytingidan chiqib ketdi

Baho:
+ | -

Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan UFC Fight Night turniridan so‘ng o‘rta vazn toifasining yangilangan reytingi e’lon qilindi.

84 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida jang qiluvchi o‘zbekistonlik Nursulton Ro‘ziboyev (37-10-2) britaniyalik Maykl “Venom” Peyjga (26-3) ochkolar hisobiga ko‘ra imkoniyatni boy berib, top-15 reytingni tark etdi. Uning o‘rnini amerikalik Jared Kannone egalladi.

Ma’lumot o‘rnida, Bu o‘zbekistonlik jangchi uchun MMA faoliyatidagi 10-mag‘lubiyat bo‘ldi (uning hisobida 37 ta g‘alaba va 2 ta durang ham bor). Ro‘ziboyev promoushendagi yettinchi jangida imkoniyatni boy berdi. Endilikda uning UFC’dagi ko‘rsatkichi 5 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyatni tashkil etmoqda.

39 yoshli Peyj UFC’da 2024 yil 9 martdan beri faoliyat yuritib kelmoqda. U promoushenda 5 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U so‘nggi jangini 2026 yil 21 mart kuni Sem Pattersonga qarshi o‘tkazgan va hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi. Uning MMA rekordi 26 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyatdan iborat.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:52, 09.09.2026.
O'qildi: 1347 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик