«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-turida «Feyenoord»ga qarshi o‘yindan so‘ng Rafinya va Lamin Yamalning harakatlarini yuqori baholadi.
9 sentyabr kuni «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tgan uchrashuv kataloniyaliklarning 5:1 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Rafinya dubl qayd etdi, Yamal esa bitta gol urdi va ikkita golli uzatma amalga oshirdi.
«Rafinya va Laminni shunday holatda ko‘rish juda yoqimli. Jamoada yaxshi muhit hukm surmoqda. Lamin ajoyib o‘yin o‘tkazdi — gol urdi va sardorlik bog‘ichi bilan maydonga tushdi.
Menimcha, biz juda yaxshi va juda qattiq ishlayapmiz. To‘p bilan muomala qilishda jamoamizda katta sifat bor va men bundan mamnunman.
Ayrim jihatlarni yana yaxshilash mumkin. O‘sish uchun imkoniyat bor va aynan shuning uchun intilishimiz kerak: mashg‘ulotlarda yuqori intensivlikni saqlash va uni o‘yinlarga ham olib o‘tish», — deya Flikning so‘zlarini Marca keltiradi.
«Barselona» Chempionlar ligasidagi keyingi o‘yinini 13 oktyabr kuni «Galatasaroy»ga qarshi o‘tkazadi.













