«Napoli» vingeri Noa Lang intizomiy sabablarga ko‘ra Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-turida «Arsenal»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.
Uchrashuv 9 sentyabr kuni Neapoldagi «Diyego Armando Maradona» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Neapol klubi sport direktori Jovanni Mannaning ma’lum qilishicha, futbolchining jamoadan chetlatilishi uning xatti-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan.
«U o‘zini nomaqbul tutdi. Noa allaqachon kechirim so‘radi va mojaro bartaraf etildi», — deya Mannaning so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano keltiradi.













