«Manchester Yunayted» himoyachisi Lisandro Martines klubda yana bir necha yil qolishi mumkin.
Football Insider xabariga ko‘ra, mankunianliklar rahbariyati argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasini yana bir yilga uzaytirish imkoniyatidan foydalanishni rejalashtirmoqda. Uning hozirgi kelishuvi joriy mavsum yakunida tugaydi.
Manbaga ko‘ra, agar Martines yaxshi formada qolsa va yuqori saviyada o‘ynashda davom etsa, «Manchester Yunayted» unga yangi shartnoma ham taklif qilishi mumkin.
28 yoshli himoyachi joriy mavsum Angliya Premyer-ligasida 2 ta uchrashuvda maydonga tushdi va natijador harakat qayd etmadi.













