Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Superliga. "Andijon" — "Qo‘qon-1912". O‘zaro o‘yinlar tarixi

Superliga. "Andijon" — "Qo‘qon-1912". O‘zaro o‘yinlar tarixi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 21-turi doirasida "Andijon" o‘z maydonida "Qo‘qon-1912"ni qabul qiladi. Uchrashuv 10 sentyabr kuni soat 19:00 da "Bobur Arena"da start oladi va Futbol TV orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlansa, shu kunga qadar ular 31 marta to‘qnash kelgan. Ushbu bahslarning 11 tasida "Qo‘qon-1912" g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Andijon" 10 marta muvaffaqiyatga erishgan. Yana 10 ta uchrashuvda durang qayd etilgan.

To‘plar nisbatida esa ustunlik "Andijon" tomonida. Andijonliklar o‘zaro o‘yinlarda raqib darvozasini 49 marta ishg‘ol qilgan. "Qo‘qon-1912" esa bunga 42 ta gol bilan javob qaytargan.

Eng yirik g‘alabalar ham ushbu qarama-qarshilik tarixida alohida o‘rin tutadi. "Andijon" raqibini 6:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, "Qo‘qon-1912"ning eng yirik g‘alabasi 5:1 hisobida qayd etilgan.

Shu tariqa, o‘zaro uchrashuvlar statistikasi bu juftlikda kurash doimo keskin kechganini ko‘rsatmoqda. 21-tur doirasidagi navbatdagi bahsda ham qiziqarli to‘qnashuv kutilmoqda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:11, 10.09.2026.
O'qildi: 488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик