Bugun O‘zbekiston Superligasining 21-turidan o‘rin olgan "Buxoro" — "Navbahor" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bahs oldidan jamoalarning asosiy tarkiblari e’lon qilindi.
"Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov start tarkibiga Umidjon Hamroyev, Xurshidbek Muxtorov, Kirill Todorov, Sardor Qulmatov, Sherzod Esanov, Quvondiq Ro‘ziyev, Muhammad Yo‘ldoshev, Vladimir Rodich, Asadbek Jo‘raboyev, Temur Mamasiddiqov va Nika Kacharavani kiritdi.
"Navbahor" esa Timur Kapadze boshchiligida bahsni O‘tkir Yusupov, Dilshodjon Komilov, Islombek Mamatqozin, Muhammadqodir Hamroaliyev, Giorgi Jgerenaya, Jasurbek Jaloliddinov, Diyor Xolmatov, Vanya Ilich, Ruslanbek Jiyanov, Benjamin Teydi va Joel Kojo bilan boshlaydi.
Namanganliklar safida jamoa to‘purari Husayn Norchayev yo‘q. Hujumchi kichik jarohat sabab ushbu bahsni o‘tkazib yuboradi. Shu bois "Navbahor" hujum markazida Joel Kojoga ishonch bildirgan.
"Buxoro" — "Navbahor" uchrashuvi soat 19:00 da boshlanadi. Bahsni Akobirxo‘ja Shukrullayev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi.













