Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

Arteta futbolchilarni kutilmagan muammolarga ataylab tayyorlashini aytdi

Arteta futbolchilarni kutilmagan muammolarga ataylab tayyorlashini aytdi

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta futbolchilar bilan ishlashda qo‘llaydigan noodatiy usullari haqida gapirdi.

Shu hafta «kanonirlar» Chempionlar ligasidagi o‘yin uchun Neapolga uchish oldidan reys kechikishiga duch keldi. Artetaning aytishicha, u futbolchilarni shunday vaziyatlarga tayyorlash maqsadida mashg‘ulot jarayonida ataylab ayrim qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.

«Menga bunday sinovlar yoqadi. Mavsumoldi tayyorgarlik paytida shunga o‘xshash holatlarni ataylab tashkil qilishga harakat qilaman, toki jamoada bunday tajriba bo‘lsin.

Poyezd kechiksa yoki reysga kech qolsak, jamoa va murabbiylar shtabi vahimaga tushishini istamayman. Vaziyatga moslashish, shikoyat qilmaslik va bahona qidirmaslik kerak.

Biz ataylab ovqatlanish vaqtini kechiktiramiz, transportni ushlab turamiz, yo‘nalishlarni o‘zgartiramiz, kiyinish xonasini issiq qilib qo‘yamiz, hatto karavotlar sonini kamaytiramiz. Bularning barchasi turli sharoitlarga moslasha olishimiz uchun qilinadi.

Eng muhimi, o‘yin kuni jamoa uchun hech qanday kutilmagan holat bo‘lmasligi kerak», — dedi Arteta matbuot anjumanida.

Shanba kuni «Arsenal» Angliya Premyer-ligasi doirasida safarda «Sanderlend»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 18:58, 11.09.2026.
O'qildi: 837 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик