Fransiya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappedan Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi kabi 39 yoshida ham professional futbolchi sifatida maydonda bo‘lishini tasavvur qila oladimi, deb so‘rashdi. 2026 yilgi Jahon chempionatida «Oltin to‘p»ning sakkiz karra sohibi Messi Argentina bilan finalga qadar yetib bordi.
«Agar kerak bo‘lsa, o‘zimni 100 yoshgacha o‘ynayotgan holda tasavvur qila olaman (kuladi)! Ammo shunchalik yaxshi o‘ynay olamanmi? Bu aql masalasi: qachon davom etishning iloji yo‘qligini o‘z vaqtida tushunish kerak.
Messi bu haqda o‘ylashiga to‘g‘ri kelmadi, chunki u hali ham faoliyatini davom ettirish qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, Messi — bu Messi. Men o‘zimni boshqa tipdagi futbolchi deb hisoblayman. Ammo u — boshqa tipdagi futbolchilar orasida ham alohida tipdagi futbolchi», — deya Mbappening so‘zlarini L’Équipe manbasiga tayangan holda AS keltirdi.













