Londonning «Arsenal» klubi darvozaboni David Rayya Angliya Premyer-ligasining 4-turidan o‘rin olgan «Sanderlend»ga qarshi safardagi o‘yinda qaytargan penalti haqida fikr bildirdi. «Kanonirlar» 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
«Bu juda muhim lahza edi, ayniqsa, safardagi o‘yinda. Hatto mezbonlar o‘z imkoniyatini golga aylantirganida ham, biz o‘yinga qaytishimizga ishonchni saqlab qolgan bo‘lardik. O‘z darvozangiz daxlsizligini saqlash muhim, bu bizga g‘alaba qozonishda yordam beradi», — dedi ispaniyalik darvozabon.
Londonliklar 12 ochko to‘plab, Angliya chempionati turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘lga kiritdi. «Arsenal» keyingi o‘yinini safarda «Ipsvich»ga qarshi o‘tkazadi.













