«Manchester Siti» yarim himoyachisi Elliot Anderson har doim hujumchi Erling Holandga to‘p oshirishga harakat qilishini aytdi.
Norvegiyalik hujumchi joriy mavsumda beshta o‘yinda beshta gol urgan. Yakshanba kuni «shaharliklar» safarda «Manchester Yunayted»ga qarshi derbida maydonga tushadi.
«Erling o‘zini ajoyib tarzda namoyon qildi, u yuqori darajadagi futbolchi. Biz zimmamizda unga gol urish uchun vaziyatlar yaratishdek muhim mas’uliyat bor. To‘pni olganimda birinchi o‘ylaydigan narsam: «Holand qayerda?» Bu sen o‘ylashing mumkin bo‘lgan eng yaxshi narsa. U ajoyib goleador va biz unga sifatli uzatmalar yetkazib bera olsak, u bundan xursand bo‘ladi», — dedi Anderson.
«Manchester Yunayted» — «Manchester Siti» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.













