«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta APLning 4-turida «Sanderlend»ga qarshi o‘yinda darvozabon David Rayyaning harakatlariga yuqori baho berdi.
Londonliklar safarda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Hisob 0:0 bo‘lib turgan paytda «Sanderlend» penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi, ammo Rayya Enso Le Fening zarbasini qaytardi.
«Aqlbovar qilmaydigan holat. Rayya — bizga kerak bo‘lgan paytda o‘yin taqdirini hal qiladigan futbolchi. “Sanderlend”ga, jamoaning qanday o‘ynayotgani va qanday tayyorgarlik ko‘rganiga munosib baho berish kerak. Bu haqiqatan ham yaxshi jamoa va men ularning xizmatlarini kamsitishni istamayman. Ular raqibga juda ko‘p qiyinchilik tug‘diradi», — dedi Arteta o‘yindan so‘ng.
«Arsenal» endi 12 ochkoga ega va Angliya chempionati turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.













