Ukrainalik hujumchi Artyom Stepanov «Utrext» safida yorqin o‘yin namoyish etmoqda. Garchi jamoaning umumiy natijalari ko‘ngildagidek bo‘lmasa-da, 19 yoshli futbolchi Niderlandiya chempionatidagi so‘nggi 5 ta o‘yinning har birida bittadan gol urdi.
Stepanov «Ekselsior»ga qarshi uchrashuvda ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi va «Utrext»ga joriy mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritishga yordam berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Stepanov 19 yoshu 34 kunligida Erediviziyada 2001 yildan beri ketma-ket 5 ta o‘yinda gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Bundan avval bunday natijani mashhur Rafael van der Vaart qayd etgan. U 18 yoshida «Ayaks» safida ketma-ket 7 ta chempionat o‘yinida gol urgan edi.













