"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa himoyachisi Ashraf Hakimiy olgan jarohat haqida fikr bildirdi.
Marokashlik futbolchi "Brest"ga qarshi 1:0 hisobida yakunlangan uchrashuvning birinchi bo‘limida shikastlandi.
"Hozircha jarohat qay darajada jiddiy ekani noma’lum. Bu tibbiy tekshiruvdan keyin aniq bo‘ladi.
Menimcha, jiddiy muammo emas, ammo jarohat bor", — dedi Luis Enrike.
Joriy Fransiya chempionatida Xakimiy 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta sariq kartochka oldi.
Liga 1ning 4 turidan keyin "PSJ" 5 ochko bilan turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.













