«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik qanot himoyachisi Xavi Espartning o‘yini haqida fikr bildirdi.
19 yoshli futbolchi yakshanba kuni La Liganing «Levante»ga qarshi uchrashuvida 5-daqiqada hisobni ochdi. «Barselona» 4:2 hisobida g‘alaba qozongan ushbu bahsdagi gol Espart uchun kataloniyaliklar asosiy jamoasi safidagi ilk gol bo‘ldi.
«Hozircha Espart o‘z vazifasini juda yaxshi bajaryapti. U taktik va texnik jihatdan ajoyib ishlayapti. Jismoniy tomondan ham u bu darajada o‘ynashga 100 foiz tayyor va buni muntazam isbotlab kelmoqda», — deya Flikning so‘zlarini Barca Universal keltirdi.
Xavi Espart «Barselona» asosiy jamoasi safida jami 11 ta uchrashuvda maydonga tushgan.













