«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik Angliya Premyer-ligasining 4-turida «Manchester Siti» tomonidan urilgan golga baho berdi. Uchrashuvdagi yagona gol ofsayd ehtimoli tufayli bahslarga sabab bo‘ldi.
«Men bu qarorni tushuna olmayapman. Hozir bunday vaziyatlarni aniqlash uchun barcha imkoniyatlar bor. Ekranlar oldida o‘tirib, shunday qarorlarni qabul qiladigan odamlar ham bor. Lekin meni ko‘proq tashvishlantirayotgan narsa — endi futbol qoidalari shu tarzda talqin qilinadimi, degan savol. Agar o‘yinga aralashmaslik holati endi aynan shunday baholanadigan bo‘lsa, bu meni jiddiy xavotirga soladi. Bu hayratlanarli izoh», — deya Karrikning so‘zlarini BBC keltirdi.
«Biz ko‘p ishlarni to‘g‘ri bajardik va o‘yin davomida tobora yaxshiroq harakat qilayotgandek edik. Hujumlarda xavfli ko‘rindik. Bugungi uchrashuvdan ijobiy jihatlarni olib, oldinga harakat qilamiz. Ammo bu vaziyatni shunchaki unutib yuborish ham mumkin emas. Biz yaxshi jamoamiz va yana g‘alabalarga qaytamiz».
«Manchester Yunayted» 4 ochko bilan turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.













