Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm

«Barselona» hujumchilari 1958 yilgi tarixiy natijani takrorladi

«Barselona» hujumchilari 1958 yilgi tarixiy natijani takrorladi

Baho:
+ | -

«Barselona» futbolchilari Rafinya Dias, Lamin Yamal va Fermin Lopes 2026/27 yilgi La Liganing dastlabki beshta turida jami 16 ta gol urdi.

Rafinya va Yamal hisobida 6 tadan gol bor, Fermin Lopes esa 4 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniya chempionatidagi dastlabki besh turda bir hujum uchligi tomonidan 16 ta gol urilishi 1958/59 yilgi mavsumdan beri ilk bor kuzatilmoqda.

O‘sha mavsumda Madridning «Real» klubi tarkibida Alfredo Di Stefano, Ferens Pushkash va Ektor Rial dastlabki besh turda jami 16 ta gol urgan edi.

«Barselona» chempionatdagi so‘nggi uchrashuvida «Levante»ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Xans-Diter Flik shogirdlari 15 ochko bilan La Liga turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 12:55, 14.09.2026.
O'qildi: 904 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик