Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Dalot «Manchester Yunayted» safida 250-o‘yinini o‘tkazdi

Dalot «Manchester Yunayted» safida 250-o‘yinini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Angliya chempionati 4-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» — «Manchester Siti» uchrashuvi Diogu Dalot uchun alohida ahamiyat kasb etdi. Portugaliyalik o‘ng qanot himoyachisi «MYU» safidagi 250-o‘yinini o‘tkazdi.

BBC ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv boshlanishidan oldin «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik Dalotga yubiley munosabati bilan maxsus esdalik futbolkasini topshirdi.

Dalot bunga qadar «qizil iblislar» safida 249 ta uchrashuv o‘tkazib, 10 ta gol urgan va 20 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Portugaliyalik futbolchi 2018 yildan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda. U «Portu»dan 20 million yevro evaziga transfer qilingan edi.

Kiritildi: 13:00, 14.09.2026.
O'qildi: 662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик