«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoada sezilarli o‘sishga erishish uchun qancha vaqt kerakligi haqida fikr bildirdi.
«Men uch oy so‘rayman, boshqalar esa o‘n yil... Balki fikrimni unchalik to‘g‘ri ifodalamagandirman. Demoqchimanki, uch oydan keyin hozirgidan yaxshiroq holatda bo‘lishimizni istayman. Ammo uch oy ichida jamoani aqlbovar qilmas darajaga olib chiqadigan qandaydir sehrli formulam yo‘q.
Har bir o‘yin va har bir mashg‘ulotdagi maqsad — yaxshilanish. Futbolchilar qancha ko‘p vaqt birga ishlasa va murabbiy jamoa bilan qancha uzoq ishlasa, jamoaning kuchayish imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi», — dedi Mourinyu La Liganing «Elche»ga qarshi uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.













