Kirish Ro'yxatdan o'tish

Merfi Fodenning «MYU»ga qarshi derbida chetlatilishi haqida: «Brunu birinchi bo‘lib qoida buzdi, ammo Fil oyog‘ini baland ko‘tardi»

Merfi Fodenning «MYU»ga qarshi derbida chetlatilishi haqida: «Brunu birinchi bo‘lib qoida buzdi, ammo Fil oyog‘ini baland ko‘tardi»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Denni Merfi «Manchester Siti»ning «Manchester Yunayted»ga qarshi derbidagi (1:0) Fil Fodenning chetlatilishiga baho berdi.

«Shaharliklar» yarim himoyachisi 23-daqiqada Brunu Fernandeshning qorniga oyog‘i bilan zarba bergani uchun hakam Maykl Oliver tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.

«Ikkala futbolchi ham qizil kartochka olishi kerak edi, deb o‘ylamayman. Bu haqda butun kun bahslashish mumkin. Agar ikkalasi ham sariq kartochka olib, ahmoqona asabiylashgani uchun ogohlantirilganida, hech kim bunga e’tibor ham bermasdi. Menimcha, bu xavfli holat emas.

Videoni sekinlashtirib ko‘rsangiz, Fernandesh birinchi bo‘lib qoida buzganini ko‘rish mumkin. U Foden yerda yotganida uni oyog‘i bilan yengil turtgan. Ammo Fodenning oyog‘i baland ko‘tarilgan va belidan yuqorida turgan. Menimcha, aynan shu holat hakamni unga qizil kartochka ko‘rsatishga undagan, chunki bu xavfliroq ko‘rinadi.

Hozirgi zamonda bunday tavakkal qilish kerak emas. U nima haqida o‘ylagan? Nega bunday qildi?

Fodenning zarbasi agressiv emasdi, unda katta tezlik bo‘lmagan, u butsa tishlari bilan emas, oyoqning yon tomoni bilan urilgan. Shunchaki hozir kameralar, VAR va hakamlarning bunday holatlarga barham berish istagi bor. Shu sababli ahmoqona harakat qilib, o‘zingni xavf ostiga qo‘yasan», — dedi Merfi.

Kiritildi: 15:37, 14.09.2026.
O'qildi: 843 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик