Madridning «Real» klubi sobiq darvozaboni Kiko Kasilya Tibo Kurtuaning ispaniyalik grand uchun qanchalik muhim ekanini baholadi.
«Tibo Kurtua «Real»ga ko‘p ochkolar olib kelmoqda. Shuning uchun hech kim uning o‘yinini tanqid qilishga haqli emas», — dedi Kasilya Radio MARCA efirida.
Joriy mavsumda belgiyalik darvozabon barcha turnirlarda oltita o‘yinda maydonga tushdi, beshta gol o‘tkazib yubordi va bir marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Besh turdan so‘ng «Real» Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 12 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.













