Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/10 12:45 Melburn Viktori 3-0 Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol 5-1 Port
14/10 15:00 Vissel Kobe 2-0 Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib 1-0 Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf 1-2 Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra - Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK - Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq - Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun - Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy - An-Nahda
14/10 21:45 LASK 3-6 Liverpul
14/10 21:45 Feyenoord 3-2 Komo
14/10 23:59 Manchester Siti 2-4 PSJ
14/10 23:59 Roma 3-4 Real Madrid
14/10 23:59 Aston Villa 6-0 Fenerbaxche
14/10 23:59 Betis 3-2 Portu
14/10 23:59 Bude-Glimt 1-0 Borussiya D
14/10 23:59 Slovan 0-3 Shtutgart
14/10 23:59 Shaxtyor 3-1 AEK

Gabriel Jezus Flikni Gvardiola va Arteta bilan solishtirdi

Gabriel Jezus Flikni Gvardiola va Arteta bilan solishtirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Gabriel Jezus jamoa bosh murabbiyi Xansi Flikni o‘zi avval ishlagan Pep Gvardiola va Mikel Arteta bilan solishtirdi.

— «Barselona»ga o‘tishingizdan oldin Xansi Flik bilan gaplashganmidingiz?

— Yo‘q. Faqat bu yerga kelganimdan keyin muloqot qildik. Chunki ungacha mening ham o‘yinlarim va o‘z tashvishlarim bor edi.

— U sizga nimalar dedi? Sizdan nimani kutmoqda?

— Mening so‘nggi davrdagi holatimni bilasiz. Qariyb bir yarim yil oldin tizzamdagi xochsimon bog‘lamni uzib olgandim va tiklanish jarayoni oson kechmadi. Taxminan o‘n oy avval maydonga qaytdim. Hozir o‘zimni yaxshi his qilayapman, tizzam endi bezovta qilmayapti.

Biroq menga o‘yin ritmini tiklash, jamoaga, uning o‘yin tizimiga va boshqa jihatlarga moslashish uchun vaqt kerak. Endi berilgan imkoniyatdan foydalanishim va jamoadoshlarim bilan yanada yaqinlashishim lozim. Ularning ayrimlarini avvaldan taniyman.

Men so‘nggi o‘n yil davomida «Barselona»ni kuzatib kelganman. Ular juda kuchli jamoalar tuzgan va menga yoqadigan futbolni namoyish etgan. Shuning uchun jamoaning o‘yin modelini ma’lum darajada tushunaman, deb o‘ylayman.

— Siz Pep Gvardiola va Mikel Arteta bilan ishlagansiz. Flik ularga o‘xshaydimi?

— Yo‘q. Har birining o‘z kuchli tomonlari, futbolga bo‘lgan qarashi va strategiyasi bor. Ammo uchovini bir narsa birlashtiradi — ular juda talabchan. Ular g‘alaba qozonishni, yana g‘alaba qozonishni va doimo g‘alaba qozonishni istashadi, — dedi Jezus.

Kiritildi: 16:36, 15.09.2026.
O'qildi: 1153 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик