Ispaniyaning AS nashri "Real"ning "Elche"ga qarshi uchrashuv uchun taxminiy asosiy tarkibini e’lon qildi.
Manba talqiniga ko‘ra, Madrid klubi darvozasini Tibo Kurtua qo‘riqlaydi. Himoya chizig‘ida Trent Aleksander-Arnold, Ibrahima Konate, Din Xyoysen va Mark Kukurelya harakat qilishi kutilmoqda.
Yarim himoyada Federiko Valverde, Jud Bellingem va Bernardu Silva joy olishi mumkin.
Hujum uchligi esa Arda Gyuler, Kilian Mbappe va Vinisius Juniordan tashkil topishi taxmin qilinmoqda.
Shu tariqa, AS versiyasiga ko‘ra, "Real" "Elche"ga qarshi bahsni quyidagi tarkibda boshlashi mumkin: Kurtua — Trent, Konate, Xyoysen, Kukurelya — Valverde, Bellingem, Bernardu Silva — Arda Gyuler, Mbappe, Vinisius.













