Sobiq "Liverpul", "Manchester Siti" va "Arsenal" futbolchisi Rahim Sterling may oyida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasidan so‘ng xavfli tarzda avtomobil boshqarganini tan oldi.
BBC xabariga ko‘ra, futbolchi Beyzingstok magistratlar sudida ishtirok etgan. Sterling xavfli haydovdan tashqari, iste’mol qilish maqsadida azot oksidi saqlagani va tahlil uchun namuna taqdim etishdan bosh tortgani bo‘yicha ham aybini tan olgan.
Uning avtomobilidan azot oksidi solingan oltita ballon topilgan.
Hodisa 28 may kuni ertalab sodir bo‘lgan. Lamborghini Urus boshqarib ketayotgan Sterling yo‘l to‘sig‘iga borib urilgan.
Polisiya ma’lumotiga ko‘ra, avariyada boshqa avtomobillar ishtirok etmagan va hech kim jabrlanmagan.
Ayni paytda angliyalik futbolchi klubsiz qolmoqda. Uning so‘nggi jamoasi "Feyenoord" bo‘lgan.













