Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Anri: "Men hech qachon "Oltin to‘p"ni yutishni asosiy maqsad qilmaganman"

Anri: "Men hech qachon "Oltin to‘p"ni yutishni asosiy maqsad qilmaganman"

Baho:
+ | -

"Arsenal", "Barselona", "Yuventus" va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Tyerri Anri faoliyati davomida "Oltin to‘p"ni yutishni o‘zi uchun asosiy maqsad qilib qo‘ymaganini aytdi.

"Men "Oltin to‘p"ni yutishim mumkinmidi? Hozirgi futbolchilarga juda katta hurmat bilan qarayman. Bizning o‘z davrimiz bor edi va men bu sovrinni qo‘lga kirita olmadim, bu to‘g‘ri.

Bolaligimda nimalar haqida o‘ylaganimga nazar tashlasam, ko‘proq jahon chempionati, Yevropa chempionati va boshqa turnirlarda g‘alaba qozonishni orzu qilganman", — dedi Anri Aminematue TV efirida.

Fransiyalik sobiq hujumchi professional faoliyati davomida barcha musobaqalarda 794 ta uchrashuv o‘tkazib, 360 ta gol urgan va 181 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Anri ikki marta "Oltin butsa"ni qo‘lga kiritgan, to‘rt marta Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

U 2008/09 yilgi mavsumda "Barselona" bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. Fransiya terma jamoasi safida esa 1998 yilgi jahon chempionati va Yevro-2000 sovrinlarini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 09:49, 16.09.2026.
O'qildi: 669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик