Rossiya terma jamoasi va Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi sobiq futbolchisi Vladislav Radimov «Real»ning Ispaniya chempionligi uchun «Barselona» bilan kurashdagi imkoniyatlariga baho berdi.
«Barselona» so‘nggi ikki mavsumda ketma-ket chempionlikni qo‘lga kiritgan.
«Menga «Barselona» qayerda ochko yo‘qotishini tasavvur qilish qiyin. «Real»ning ularga qarshi o‘yinlarda imkoniyati yo‘q. «Barselona» chempionlikni qo‘lga kiritadi va Mourinyu jamoasini ikki marta mag‘lub etadi», — dedi Radimov «Match TV» efirida.
Ayni paytda Xans-Diter Flik boshchiligidagi «Barselona» Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Kataloniyaliklar Joze Mourinyu boshqarayotgan «Real»dan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha oldinda. Shuningdek, «Barselona» zaxirada yana birta o‘yinga ega.













