La Liga prezidenti Xavyer Tebas «Real» klub televideniyesining faoliyati haqida fikr bildirdi. Mazkur media vaqti-vaqti bilan hakamlikni keskin tanqid qilib keladi.
«Har doim bir xil holat. Menimcha, bu o‘zini jabrlanuvchi qilib ko‘rsatishning o‘rinsiz shakli. Endi ular faqat o‘z muammolaridan emas, boshqalarning muammolaridan ham shikoyat qilmoqda. Xatolar bo‘lib turadi. «Real» — katta klub, ammo ularda doim boshqalar aybdor, o‘zlari emas», — deya Tebasning so‘zlarini Marca keltirdi.
«Muxlis sifatida hozir «Real»da nima uchun ochkolar kamroq ekaniga doir ko‘plab sabablarni aytishim mumkin edi, ammo bunday qilmayman. Ishonchim komilki, «Real» klub televideniyesi shunday bayonotlar bermasa ham La Ligani yuta oladi», — dedi u.
5 turdan keyin «Real» 12 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Barselona» esa 15 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.













