«Arsenal»ning sobiq hujumchisi Tyerri Anri «kanonirlar» forvardi Viktor Dyokereshning hozirgi o‘yini haqida fikr bildirdi.
«Dyokereshni bunday holatda ko‘rish menga og‘ir. U hamma narsa yo‘qolgandek o‘ynayapti. Go‘yo taslim bo‘lgan, umidini yo‘qotgandek ko‘rinadi. Uni ko‘rganimda doim o‘zimdan «Nima noto‘g‘ri ketdi?» deb so‘rayman», — deya Anrining so‘zlarini Arsenal News keltirdi.
Dyokeresh joriy mavsumda barcha musobaqalarda 4 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo hozircha gol ham, golli uzatma ham qayd etgani yo‘q.
«Arsenal» shvesiyalik hujumchini 2025 yil yozida «Sporting»dan qariyb 67 million yevroga sotib olgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan.













