Meksika terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xavyer Agirre Ispaniya chempionatida ishlashi mumkin. Bu haqda insayder Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, mutaxassis xizmatlariga Ispaniya La Ligasini yangi mavsumda omadsiz boshlagan «Valensiya» qiziqish bildirgan. Tomonlar hamkorlik bo‘yicha muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, «ko‘rshapalaklar» o‘tgan dam olish kunlari bosh murabbiy Karlos Korberan bilan xayrlashgan edi.
Ispaniya chempionatining olti turidan so‘ng «Valensiya» 4 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini «Real Sosyedad»ga qarshi o‘tkazadi.













