«Shtutgart» yarim himoyachisi Andjelo Shtiller faoliyatini top-klubda davom ettirishi mumkin. Bu haqda CaughtOffside xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, nemis futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishdan «Barselona» manfaatdor. Kataloniya klubi yarim himoyachining Chempionlar ligasidagi o‘yinlarini kuzatgan. Shuningdek, futbolchi transferiga «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, «Shtutgart» o‘z futbolchisini taxminan 43 million funt sterlingga sotishga tayyor.













