«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares jarohati sabab «Osasuna»ga qarshi La Liga o‘yinida ham maydonga tushmaydi.
Argentinalik futbolchi mushak jarohatidan to‘liq tiklanmagan. U o‘tgan dam olish kunlari «Real Sosyedad»ga qarshi uchrashuvni ham o‘tkazib yuborgan edi.
«Shifokorlar bilan gaplashganimga ko‘ra, Xulian Alvares hali ham tiklanish jarayonida. U ertagagi o‘yinda ishtirok eta olmaydi», — dedi «Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone.
Yozda Alvaresning kelajagi atrofida ko‘plab transfer xabarlari tarqalgan, jumladan uning «Barselona»ga o‘tish istagi haqida ham ma’lumotlar chiqqan edi. Keyinchalik forvard yana «Atletiko» tarkibiga qaytarildi.
Alvares Chempionlar ligasi yangi mavsumining ilk turida «Liverpul»ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan edi.













