Yaqinda «Monterrey» bilan shartnomasini bekor qilgan Antoni Marsyal Liviyaning «Al-Ittihod Tripoli» klubi taklifini rad etdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, fransuz hujumchisiga ikki yil uchun 10 mln yevro maosh va yana 5 mln yevro miqdorida shartnoma imzolash bonusi taklif qilingan.
Biroq sobiq «Manchester Yunayted» futbolchisi katta maoshdan ko‘ra yuqori darajada raqobatlasha oladigan va sport jihatdan qiziqarli loyihani tanlashni maqsad qilgan.
Xabarlarga ko‘ra, Marsyal hozirda La Liga vakili «Malaga»ga o‘tishga yaqin turibdi.
Shuningdek, u Fransiya Liga 1 klublaridan kelgan ikki taklifni ham rad etgan. Bunga unga muntazam o‘yin amaliyoti kafolatlanmagani sabab bo‘lgan.













