«Chelsi» futbolchisi Alexandro Garnacho «Manchester Yunayted»ning 15 yoshli iqtidorli futbolchisi Jey-Jey Gabriel bilan bog‘liq vaziyatga ijtimoiy tarmoqda munosabat bildirdi. Bu haqda GiveMeSport xabar berdi.
Gabriel yaqinda «Manchester Yunayted»dagi ro‘yxatdan chiqarilib, erkin agentga aylanish istagini bildirgandi. U 11 yoshidan buyon klub akademiyasida shug‘ullanib keladi. «Kichkintoy Messi» laqabi bilan tanilgan futbolchi asosiy jamoa safida debyut qilish arafasida turgan edi.
Garnacho esa ijtimoiy tarmoqda Gabrielning suratini joylashtirib, uning nomi yoniga «Mening bolam» mazmunidagi izoh qoldirdi. Bu xabar futbol muxlislari orasida Garnacho yosh futbolchini qo‘llab-quvvatlayotgani haqida turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ayni paytda «Manchester Yunayted» Gabrielni jamoada saqlab qolishga umid qilmoqda. Klub futbolchining ketish istagidan hayratda qolgan, ammo vaziyatni hal qilish mumkin deb hisoblamoqda.













