«Barselona» vingeri Rafinya joriy mavsum La Ligasining eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida yana birinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Braziliyalik futbolchi chempionatning 6-turida «Rasing»ga qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etdi. U ikki golini penaltidan urgan bo‘lsa, yana bir bor o‘yindan raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, Rafinyaning Ispaniya chempionatidagi ko‘rsatkichi 6 ta o‘yinda 9 ta gol va 3 ta golli uzatmaga yetdi. U «gol+pas» tizimi bo‘yicha ham La Ligada peshqadamlik qilmoqda.
Kilian Mbappe hisobida esa 6 turdan so‘ng 7 ta gol mavjud. Fransiyalik hujumchi kecha «Elche»ga qarshi 3:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda ham gol urdi.













