«Komo» hujumchi Anastasios Duvikas bilan 2030 yil iyuniga qadar amal qiladigan yangi va yaxshilangan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.
Yangi bitim amaldagi shartnomadan atigi bir yilga uzoqroq muddatga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, futbolchining maoshi sezilarli darajada oshiriladi.
Duvikas 2025 yil fevralida «Selta»dan 14 million yevro evaziga «Komo»ga o‘tganidan buyon klub safida 55 ta rasmiy uchrashuvda 22 ta gol urdi. Joriy mavsumda esa u 5 ta o‘yinda 3 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Manbaga ko‘ra, «Komo» Chempionlar ligasi darajasiga chiqish uchun yangi futbolchilarga sarmoya kiritish bilan birga, jamoaning hozirgi darajaga yetishiga hissa qo‘shgan o‘yinchilarni munosib taqdirlash o‘rtasida muvozanat saqlashga intilmoqda.
Duvikasning yangi maoshi aniq aytilmagan. Avvalgi kelishuviga ko‘ra, u oyiga 800 ming yevro maosh olar edi.













