"Barselona" yarim himoyachisi Gavi 2026 yilgi "Oltin to‘p" uchun kurashda o‘z favoritini ma’lum qildi. Ispaniyalik futbolchi jamoadoshi va hamyurti Lamin Yamalni alohida e’tirof etdi.
Gavining fikricha, Yamal ayni paytda dunyoning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi.
"Men uchun Lamin Yamal — "Oltin to‘p" sohibi. U eng yaxshisi", — dedi Gavi.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi "Oltin to‘p" taqdirlash marosimi oktyabr oyida bo‘lib o‘tadi. Lamin Yamal sovrin uchun nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan.













