Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal" va "Chelsi" 65 mln yevroga baholanayotgan Malenga qiziqmoqda

"Arsenal" va "Chelsi" 65 mln yevroga baholanayotgan Malenga qiziqmoqda

Baho:
+ | -

Niderlandiyalik hujumchi Doniell Malen "Roma"ni tark etib, Angliya Premyer-ligasining top-klublaridan biriga o‘tishi mumkin.

Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, 27 yoshli futbolchining o‘yinlarini "Manchester Siti", shuningdek, Londonning "Arsenal" va "Chelsi" klublari kuzatib bormoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, "Roma" Malen uchun 60-65 million yevro atrofida narx belgilagan. Transfer yanvar oyida amalga oshishi mumkin.

Niderlandiyalik hujumchi joriy mavsum Italiya chempionatida 4 ta uchrashuv o‘tkazib, 6 ta gol urdi.

Malenning "Roma" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 11:56, 17.09.2026.
O'qildi: 795 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик