«Tottenxem»ning sobiq futbolchisi Garet Beyl jamoaning joriy mavsum yevrokuboklarga yo‘llanma olish imkoniyati haqida fikr bildirdi.
Beylning fikricha, «Tottenxem» kelgusida natijalarini yaxshilashi mumkin. Chunki tarkibdagi jiddiy o‘zgarishlardan keyin jamoaga moslashish uchun vaqt kerak.
«Umid qilamanki, «Tottenxem» yevrokuboklarga chiqishni uddalaydi. Ammo jamoa Angliya Premyer-ligasida ikki mavsum ketma-ket 17-o‘rinni egallaganini hisobga olsak, ehtimol, kutilayotgan natijalarni biroz pasaytirish kerakdir», — dedi Beyl Sky Sports nashriga.
«Tottenxem» joriy mavsum APLning dastlabki 4 turida atigi 2 ochko to‘pladi. Roberto De Dzerbi boshchiligidagi jamoa turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.
London klubi 5-turda o‘z maydonida «Aston Villa»ni qabul qiladi. Uchrashuv 19 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













