«Real» darvozaboni Tibo Kurtua yaqin yillarda futbolchilik faoliyatini yakunlash niyati yo‘qligini bildirdi.
34 yoshli belgiyalikning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yili tugaydi. Biroq tomonlar kelishuvni 2028 yilgacha uzaytirish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishgan.
Kurtua shuningdek, jismoniy holatiga va klubdagi vazifalariga ko‘proq e’tibor qaratish maqsadida Belgiya terma jamoasining Millatlar ligasidagi o‘yinlarida ishtirok etmaslikka qaror qilgan.
Darvozabon avvalroq ham faoliyatini «Real»da, klub afsonalaridan biri sifatida yakunlash istagini bildirgan edi.
«Hali qaror qilganim yo‘q. Asosiy jamoa murabbiyi bo‘lishni xohlarmidim — bilmayman. Futbolchilar bilan ishlab, juda tez qarib qolsan kerak.
Balkim, «Real»ning darvozabonlar bo‘limida ishlash, yuqori darajadagi akademiya yaratish va tayyor darvozabon sotib olish o‘rniga yangi Tibo Kurtua tarbiyalab yetishtirish qiziq bo‘lardi.
Ammo hozircha yana 5-6 yil futbol o‘ynashni istayman», — dedi Kurtua.













